Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Tolibon: AQSH o‘ziuchar qurilmalarini Afg‘onistonga yo‘naltirib xalqaro huquq me’yorlariga zid ish ko‘rmoqda
10:05 / 2021-09-29

“AQSHning masofadan boshqariluvchi o‘ziuchar qurilmalari noqonuniy tarzda Afg‘oniston hududiga bostirib kirdi”, dedi tolibon harakati vakili Zabihulla Mujohid.

“TASS” xabariga ko‘ra, u: “AQSH o‘ziuchar qurilmalarini Afg‘oniston havo hududida yo‘naltirib mamlakat suvereniteti, shuningdek, xalqaro huquq me’yorlariga zid ish ko‘rmoqda”, deb ta’kidlagan.

U Vashingtonni Doxada erishilgan kelishuvga amal qilishga chaqirdi.

Mujohidning aytishicha, afg‘on hukumati kelgusida bunday harakatlar keskin munosabat bildirib, uning ijrochilari shunga mos oqibatga duchor qilinadi.

Eslatib o‘tamiz, 26 sentyabrda tolibonning siyosiy ofisi rahbari Abdul G‘ani Barodar Tojikistonni mamlakatning ichki ishiga aralashganlikda ayblab, bu borada “har qanday harakat aks harakatni keltirib chiqarishini” aytgandi.