Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Tolibon Afg‘oniston Islom partiyasi idoralarini yopadi
16:38 / 2025-04-16

Afg‘oniston Adliya vazirligi Gulbiddin Hikmatyor tomonidan asos solingan Afg‘oniston Islomiy partiyasi (AIP)) idoralarini butun mamlakat bo‘ylab yopish, xodimlarini hibsga olish to‘g‘risida buyruq chiqardi. Bu haqda “Tolo news” yangiliklar portali partiya rahbarining o‘g‘li Habib Ur-Rahmon Hikmatyorga tayanib xabar tarqatdi.

Vazirlik tarqatgan hujjatda AIPning barcha viloyatlardagi vakolatxonalari ishini zudlik bilan taqiqlash, mavjud ish anjomlari va mol-mulkni musodara qilish bo‘yicha ko‘rsatma berilgan.

Taniqli siyosiy va harbiy arbob, o‘tgan asr 80-yillarida sho‘ro qo‘shiniga qarshi kurashgan guruhlardan tashkil topgan “Yettilik ittifoqi” yetakchilaridan biri hisoblangan Gulbiddin Hikmatyor 1993-1994 va 1996 yillarda Afg‘oniston Bosh vaziri edi. 2003 yil AQSH uni terrorchilar ro‘yxatiga qo‘shgan va BMT qora ro‘yxatiga ham tirkagan. Siyosatchi faqat 2017 yilga kelib oqlangan. Tolibon bilan birga mamlakatdagi AQSH va NATO qo‘shinlariga qarshi kurashgan, keyinchalik qarshilik ko‘rsatishni to‘xtatgan.

Sobiq siyosatchi keyinroq Hamid Karzay koalitsion hukumati bilan tinchlik shartnomasini imzolab, to‘liq amnistiyaga chiqdi. Shundan so‘ng uning barcha tarafdorlari qamoqdan ozod qilindi. AIP konstitutsiyaviy me’yorga rioya qilish, Tolibondan keyin ikkinchi yirik nohukumat harbiylashgan guruh hisoblangan jangari qanotini tarqatib yuborishga rozi bo‘ldi.

2021 yil avgustda Tolibon hokimiyatga qaytgach, Hikmatyor siyosiy faoliyatdan butunlay chetlatildi va hatto, Kobuldagi saroyidan ham haydab chiqarildi.

S.Rahimov, O‘zA