Tolibon: Afg‘on millatining siyosiy partiyalarga ehtiyoji yo‘q!
Siyosiy partiyalar faoliyati shariat qonunlariga to‘g‘ri kelmaydi, bunday tizimga xalq ham muhtoj emas, dedi Tolibon hukumatida adliya vaziri vazifasini bajaruvchi Abdul Hakim Sharoiy.
– Siyosiy partiyalar diniy shaklga ega emas va millat manfaatiga javob bermaydi, millatning o‘zi ham bunga muhtoj emas, – dedi u matbuot anjumanida. – Tajriba shuni ko‘rsatmoqdaki, millatning tarqoqligiga aynan siyosiy partiyalar sababchi. Siyosiy partiyalar shariat qonuniga mos kelmaydi.
O‘zA