Toliblar Yevroittifoqqa Afg‘onistondagi missiyasini qayta tiklanish taklifini bildirdi
Toliblarning vaqtinchalik hukumati Afg‘onistonda Yevropa ittifoqi missiyasi o‘z faoliyatini tiklashi mumkinligini olqishlaydi va bu qarorni ijobiy qadam deb hisoblaydi.
Mazkur hukumatning tashqi ishlar vazirligi rasmiy vakili Abdul Qahhor Balxiy: “Biz Afg‘onistonda Yevroittifoq missiyasi qayta tiklanishini olqishlaymiz”, deb ta’kidladi.
Uning so‘zlari “Aamaj News” agentligi xabarida iqtibos qilingan.
Balxiy Yevroittifoqning Qobuldagi elchixonasi xavfsizligi kafolatlanishiga ishontirdi.
Yaqinda Britaniyannig “Faynenshl tayms” gazetasi Yevropa tashqi ishlar xizmati Afg‘onistondagi ishlarini bir oy ichida qayta tiklashi haqida ma’lum qilgandi.