Chinese
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Toliblar Pokistonning chegaraga to‘siq qurish rejasiga qarshi chiqmoqda
18:31 / 2022-02-16

“Tolibon” harakati Pokistonga Kobul tomonidan qabul qilinmagan Dyuranda chizig‘idan o‘tgan chegarani bir tomonlama qaror bilan to‘siq qo‘yishiga yo‘l qo‘ymaydi. Bu haqda chorshanba kuni Zee TV telekanali “Afg‘oniston Islom amirligi” mudofaa vazirligiga tayanib xabar berdi.

"Afg‘oniston Islom amirligi" Pokistonning bir tomonlama  qaror bilan afg‘onlar tomonidan tan olinmagan Dyuranda chizig‘idan o‘tuvchi ikki davlat o‘rtasidagi chegaraga muhandislik to‘siqlarini qurishiga yo‘l qo‘ymaydi. Hukumat maslahatlashuvi davomida Pokistonning ushbu harakatiga qarshi qanday yo‘l tutish bo‘yicha bir qarorga kelinadi, - deydi Afg‘onistonning vaqtli hukumati tomonidan tayinlangan mudofaa vaziri Muhammad Yoqub Mujahid. – Biz rahbariyat buyurgan har qanday ko‘rsatmaga binoan harakat qilamiz", degan u.

Bundan avvalroq Pokiston ichki ishlar vaziri Shayx Rashid Ahmad mamlakatning Afg‘oniston bilan chegarasida to‘siqlar qurish ishlari 90 foizga yakunlangani haqida ma’lum qilgandi.

Pokiston Afg‘oniston bilan tutashgan 2 ming 611 kilometrlik chegarada muhandislik ob’ektlarini qurishni 2017 yilda boshlagan edi. Chegaraning 800 kilometriga to‘siq qurilgan, 388 kilometriga chegarachilar uchun o‘t ochadigan nuqtalar qad rostlagan.