Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Toliblar Nangarxar viloyatida namoyishchilarni o‘qqa tutdi
14:44 / 2021-08-18

“Tolibon” harakati a’zolari Nangarxar viloyatida Afg‘oniston milliy bayrog‘ini qo‘llab-quvvatlab namoyishga chiqqan mahalliy aholini o‘qqa tutdi, db xabar bermoqda RIA Novosti mahalliy aholi vakiliga tayanib.

Qurbonlar va jabrlanganlar borligi  ma’lum qilindi.  

Afg‘oniston haqida tarqatilayotgan so‘nggi xabarlarning yana birida mahalliy Ariana News telekanali va Pajhwok agentligi jurnalistlari “Tolibon” jangarilari tomonidan qattiq kaltaklangani haqida aytilmoqda. Voqea Nangarxar viloyati Jalolobod shahrida ro‘y berdi, deb xabar qiladi Pajhwok agentligi.

Ular milliy bayroqni qo‘llab-quvvatlab ko‘chaga chiqqan namoyishchilarni videoga olayotganda kaltaklangan. Ikki jurnalistning ulasi qilib kaltaklanishi mahalliy OAVning g‘azabini keltirdi, deyiladi xabarda.

Avvalroq “Tolibon” harakati Afg‘onistonda ommaviy axborot vositalari erkin faoliyat ko‘rsatadi, deb va’da bergan edi.