Toliblar Kobulga kirish bo‘yicha Afg‘oniston hukumati bilan muzokara olib borayotgani haqda ma’lum qildi
“Tolibon” harakati o‘z jangarilariga Kobulga kirmay turishga ko‘rsatma berdi.
Ular hukumat bilan shaharga “jang qilmay” kirib borish imkoniyatlari bo‘yicha muzokara olib bormoqda, deyiladi mahalliy 1TV News telekanali bergan xabarda.
Hukumat ushbu masalada toliblar bilan muzokara olib borayotgani haqda ma’lumot berilmadi.
Bundan avvalroq RIA Novosti o‘z manbalariga tayanib, toliblar poytaxtga hujum boshlagani va Kobul universitetini o‘z nazorati ostiga olgani haqida xabar tarqatilgan edi..