Русский
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Toliblar Kobul aeroportida ishlagan ayollardan ishga qaytishni so‘ramoqda
12:19 / 2021-09-14

Kobul aeroportining xodimlari, jumladan, ayollar ham “Tolibon” harakati iltimosiga ko‘ra ishga qaytmoqda, deb xabar tarqatdi Tolo News telekanali.

"Ishga qaytishimizni so‘ragani uchun xursandmiz. Ishqilib, hukumat bizga maosh bersinda", - deya ta’kidladi Kobul aeroportida ishlayotgan yuz nafar ayolning biri Zaxro Amiriy telekanal muxbiri bilan suhbatda.  

Lida ismli yana bir xodim toliblar kelgandan keyin ishga chiqmay qo‘yganini ta’kidlab. "Endi biz maoshsiz ishlaymiz, chamasi", - deya qo‘shimcha qilgan.  

Telekanalning ma’lum qilishicha, chegara xizmati xodimlari ham ishga qaytgan, biroq ular ommaviy axborot vositalari vakillari bilan suhbat qilishdan o‘zlarini olib qochmoqda. "Tolibon"ning o‘zi ham ushbu holatga izoh bermayapti.

Tolo News telekanalining ta’kidlashicha, toliblar hokimiyatga kelgandan keyin davlat xizmatchilarining ko‘pchilligi ishga qaytmagan.