Arabic
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Toliblar kimlar Afg‘onistonning yangi hukumatiga kirishi haqida ma’lumot berdi
11:09 / 2021-08-16

Afg‘onistonning yangi hukumatiga “Tolibon” harakati tarkibida bo‘lmaganlar ham kiradi, deb bayonot berdi toliblarning Qatardagi siyosiy idorasi vakili Suxayl Shaxin CNN telekanaliga intervyu berib.

Uning aytishicha, avvalgi hukumatning qaysi mulozimlari yangi hukumat tarkibiga kirishi haqida aytish erta. Shaxinning ta’kidlashicha, toliblar hukumat tarkibiga “yaxshi tanish bo‘lgan arboblar” ham kirishini xohlaydi.

“Shuningdek, qurolini tashlab toliblarga qo‘shilgan armiya xizmatchilari va politsiyachilar ham avf etiladi va xavfsizligi kafolatlanadi. Ularning ismi-sharifi maxsus ro‘yxatga kiritiladi va zaxiraga olinib, zarurat tug‘ilganda harbiy xizmatga chaqiriladi”, dedi u.  

Bundan avvalroq “Tolibon” harakati rahbariyati Britaniyaning Times  gazetasiga intervyu berib, mutloq hokimiyatga ega bo‘lishni istayotganini va o‘tish hukumatini tuzishga  rozi emasligini ma’lum qilgan edi.