Toliblar istirohat bog‘lariga erkak va ayollar alohida kirish tartibini joriy etdi
Afg‘onistonni boshqarayotgan “Tolibon” harakati Kobul shahridagi ko‘ngilochar bog‘lariga ayollar va erkaklar turli vaqtda kelish tartibini joriy qildi, deyiladi taqiqlash ishlari bo‘yicha vazirlik tarqatgan bayonotda.
"Yakshanba, dushanba va seshanba kunlari parklarga ayollar kirishi mumkin, shart shuki, ular hijobda bo‘lishi lozim. Ushbu kunlari erkaklarga parklarga kirish taqiqlanadi", – deyiladi bayonotda.
Erkaklar esa chorshanbadan shanba kunlarigacha parklarga kirishi mumkin. “Tolibon” harakati vakillari shu kunlari qurolsiz bo‘ladi. Bayonotda keltirilishicha, ushbu tartib buzilgan taqdirda park xo‘jayinlari va ma’murlari javobgarlikka tortiladi. Bundan tashqari, farmonga muvofiq, oilasi bilan sayyohlikka chiqib, ziyoratgohlarga borilsa, ayollar hijob o‘rashi va notanish kishilar bilan muloqotda bo‘lmasligi talab etiladi.