Toliblar havo kengliklari buzilishida Pokistonni ayblamoqda
“Tolibon” harakati Pokistonni AQSHning uchuvchisiz o‘zi uchar qurilmalari Afg‘oniston havo kengliklariga ushbu mamlakat hududidan uchib kelayotganlikda aybladi.
Afg‘onistonning mudofaa vaziri vazifasini vaqtinchalik bajaruvchi Muhammad Yoqub ana shu haqda bayonot berdi. U shuningdek, Pokistonni o‘z hududini Afg‘onistonga qarshi foydalanmaslikka chaqirdi.
Bundan avvalroq toliblar vakili Amerika dronlari Afg‘oniston hududida harakat qilayotganini aytib, bu, mamlakat havo kengliklarini buzish ekanligi haqida bayonot bergan edi.