Toliblar Afg‘onistonda "Ozodlik radiosi" va "Amerika ovozi” eshittirishlarini taqiqlab qo‘ydi
Khaama Press agentligining xabar berishicha, "Ozodlik radiosi" va "Amerika ovozi" eshittirishlari AQSH mamlakatni bosib olingandan keyinoq boshlangan edi, hozir esa voqealarni bir tomonlama yoritayotgani va jurnalistik etikaga amal qilmayotgani uchun to‘xtatildi".
“Afg‘onistonning “Tolibon” tuzgan vaqtinchalik hukumati “Azadi” (“Ozodlik radiosi”) va "Amerika ovozi" eshittirishlarini FM-diapazonida taqiqlab qo‘ydi”, deyiladi xabarda.
Ushbu xabarni payshanba kuni Afg‘onistonning Khaama Press agentligi madaniyat va axborot vazirligi bayonotiga tayanib tarqatgan.
Vazirlikning eshittirishni nazorat qilish xizmati rahbari Abdul Haq Xamada agentlikka eshittirishlar 1 dekabrdan to‘xtatilganini ma’lum qilgan.