Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Tokiodagi forum mintaqaviy hamkorlik uchun yangi imkoniyatlar ochadi
18:10 / 2025-12-20

Ma’lumki, Tokio shahrida bo‘lib o‘tgan “Markaziy Osiyo – Yaponiya” sammiti doirasida davlat rahbarlari hamda hukumat vakillari ishtirokida qator muhim uchrashuvlar o‘tkazildi.

Ta’kidlash kerakki, ushbu yig‘in mintaqamiz va kunchiqar yurt o‘rtasidagi siyosiy va savdo-iqtisodiy aloqalarni yangi bosqichga olib chiqishda muhim ahamiyat kasb etmoqda. O‘zbekiston Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi vakili Olamgir Toshpo‘latov sammit doirasida o‘tkazilgan muzokaralar xususida o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

– Mazkur tadbir haqiqattan ham tarixiy ahamiyatga ega, –dedi u. – Aytish o‘rinliki, davlat rahbarlarining sammitdagi ishtiroklari Yaponiya va Markaziy Osiyo o‘rtasidagi biznes aloqalarni yanada rivojlantirishga xizmat qiladi.

Uning ta’kidlashicha, forumda Yaponiya biznes doiralarining O‘zbekiston bilan hamkorlikka qiziqishi yaqqol namoyon bo‘ldi.

– Mazkur sammitda Yaponiyadan 200 dan ortiq yirik kompaniya vakillarining ishtirok etishi mintaqaga katta qiziqish mavjudligini ko‘rsatadi, -dedi O.Toshpo‘latov. – Uch yuzdan ortiq qo‘shma loyihalar e’lon qilindi. Bu hamkorlik faqat iqtisodiyot bilan cheklanib qolmasdan, texnologik hamkorlik va savdo sohalarida ham yangi yo‘nalishlarni belgilab beradi. Prezidentimiz o‘z nutqida Yaponiya va O‘zbekiston o‘rtasidagi hamkorlikning aniq yo‘nalishlarini belgilab berdi. Energetika, infratuzilma, transport, sanoat va boshqa strategik sohalarda yangi loyihalarni ishlab chiqish taklif etildi. Bu tashabbuslar sheriklikni yanada kengaytirishga xizmat qilishi shubhasiz.

D.Hakimov, O‘zA