Yaponiyaning Tokio shahrida davom etayotgan "O‘zbekiston madaniyati kunlari"da bir guruh o‘zbekistonlik hunarmandlarimiz ishtirok etmoqda.
Ushbu tadbir doirasida O‘zbekiston Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg‘armasi o‘zbek badiiy kulolchiligiga bag‘ishlangan ko‘rgazma tashkil etdi. Tokio Milliy muzeyida namoyish etilayotgan ekspozitsiya mamlakatimizning yetakchi ustalariga mansub 50 dan ortiq noyob asarni o‘zida jamladi.


Respublika”Hunarmand” uyushmasi ma’lumotiga ko‘ra, ko‘rgazma doirasida Rahimovlar sulolasiga mansub ustalar mahorat darslari o‘tkazib, tashrif buyuruvchilarni kulolchilik san’atining asoslari, an’anaviy bezak uslublari hamda ularning zamonaviy talqinlari bilan tanishtirdi.
Mazkur loyiha o‘zbek kulolchiligini Markaziy Osiyoning nomoddiy madaniy merosining muhim qismi sifatida yuksak badiiy qadriyatga ega ekanini yaqqol namoyon etib, O‘zbekiston va Yaponiya o‘rtasidagi madaniy muloqotni mustahkamlashga xizmat qilmoqda.

Gulnoza Boboyeva, O‘zA