Tokio Yaponiya va Xitoy tashqi ishlar vazirlari uchrashuvi bekor qilinganidan afsusda
Yaponiya Pnompenda Janubi-sharqiy Osiyo davlatlari assotsiatsiyasi (ASEAN) tadbirlari doirasida o‘tkazilishi rejlashtirilgan tashqi ishlar vazirlari uchrashuvi Xitoy tashabbusi bilan bekor qilinganidan afsusda ekanini bildirdi. Bu haqda Yaponiya Vazirlar Mahkamasi Bosh kotibi Xirokazu Matsuno ma’lum qildi.
“Juda afsuslanarli holat, muloqot aynan keskinlik yuzaga kelgan shunday bir vaziyatda zarur va muhim edi”, degan mulozim.
Yaponiya “katta yettilik”ning boshqa davlatlari bilan birga Tayvan bo‘yicha e’lon qilgan qo‘shma bayonotini Xitoy tashqi ishlar vaziri Van I “foydasiz qog‘oz chiqindisi”, deb atagan, shundan keyin Pekin vazirlar uchrashuvini bekor qilgan edi.
O‘zA