Spanish
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Tokio, Vashington va Seul KXDRni yo‘ldosh uchirishdan voz kechishga chaqirdi
12:59 / 2023-11-21

Yaponiya, AQSH, Janubiy Koreya yuqori lavozimli diplomatlari Shimoliy Koreya harbiy josus yo‘ldosh uchirishni rejalashtirayotgani munosabati bilan seshanba kuni o‘zaro telefon muloqotini o‘tkazdi. Diplomatlar Pxenyanni yo‘ldosh uchirishdan voz kechishga chaqirdi, deyiladi Yaponiya tashqi ishlar vazirligi tarqatgan xabarda.

Ma’lum qilinishicha, Pxenyan 22 noyabr va 1 dekabr oralig‘ida harbiy josus yo‘ldoshini orbitaga olib chiqmoqchi.  

“Tomonlar Shimoliy Koreyaning ballistik raketa uchirishi, hatto yo‘ldoshni orbitaga olib chiqish maqsadida amalga oshirilayotgan bo‘lsa ham  BMT Xavfsizlik kengashi rezolyutsiyasini buzish hisoblanishini ta’kidlagan. Diplomatlar qat’iylik bilan Shimoliy Koreyadan  parvozni to‘xtatishni talab qildi”, - deyiladi xabarda.  

Shimoliy Koreya josus  yo‘ldoshni 31 may va 24 avgust kunlari orbitaga olib chiqishga urinib ko‘rgan edi. Ikki  holatda ham parvoz omadsiz kechgan.  

Yaponiya Bosh vaziri Fumio Kisida Shimoliy Koreyaning raketa parvozi bilan bog‘liq kutilmagan vaziyatga tayyor turishga ko‘rsatma berdi. Xabarda ta’kidlanishicha, raketa parchalari Yaponiya iqtisodiy hududiga, jumladan Sariq dengiz va Filippinning sharqiy qismiga tushili mumkin.