Chinese
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Tokio va Seuldagi saylov uchastkasida ham yurtdoshlarimiz faolligi kuzatilmoqda
09:33 / 2019-12-22

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi va mahalliy Kengashlar deputatligiga saylovlar tobora qizg‘in tus olmoqda.

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi va mahalliy Kengashlar deputatligiga saylovlar tobora qizg‘in tus olmoqda.
Avval ma’lum qilinganidek, ushbu saylovlarda chet ellarda vaqtincha istiqomat qilayotgan, uzoq muddatli xizmat safarida bo‘lib turgan, oliy ta’lim muassasalarida tahsil olayotgan vatandoshlarimiz ishtirokini ta’minlash maqsadida xorijiy davlatlarda 55 saylov uchastkasi tuzilgan.

Ayni vaqtda Yaponiyaning Tokio shahrida tuzilgan saylov uchastkasida ovoz berish jarayoni bo‘lib o‘tmoqda. Davlatimiz madhiyasi bilan boshlangan ovoz berish jarayonida Tokioda vaqtincha yashab turgan, oliy ta’lim muassasalarida tahsil olayotgan yoshlar faollik bilan ovoz bermoqda.

Bu jarayon Janubiy Koreya Respublikasining Seul shahridagi saylov uchastkasida ham davom etmoqda.