French
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Tokio sarhisobi va yangi strategiya Toshkent viloyati kesimida
18:59 / 2021-10-02

Milliy olimpiya qo‘mitasi hamda Turizm va sport vazirligining “Tokio–2020” Olimpiadasi yakunlari, “Xanchjou – 2022” Osiyo va “Parij – 2024” Olimpiya o‘yinlariga tayyorgarlik rejasi bo‘yicha yig‘ilishlari davom etadi. Bu galgi suhbat Toshkent viloyati bo‘yicha o‘tkazildi.

Yig‘ilishda Milliy olimpiya qo‘mitasi rahbari R.Shoabdurahmonov, Toshkent viloyati hokimi o‘rinbosari, turizm va sport bosh boshqarmasi boshlig‘i D.Bobojonov va bir qator mutasaddilar qatnashdi.

Suhbat davomida dastavval ushbu hududdan Olimpiya o‘yinlariga yo‘llanma olgan sportchilar soni, ularning musobaqadagi ishtiroki tahlil qilindi. Olimpiada chempionlari Akbar Jo‘rayev va Bahodir Jalolov Chirchiq maktabi tarbiyalanuvchilari hisoblanishadi. Qayd etish joiz, ushbu hududda joylashgan kollej va  O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti terma jamoalarimizdagi sportchilarning asosiy qismini yetishtirib beruvchi dargohlardir.

Milliy olimpiya qo‘mitasi matbuot xizmati xabarida aytilishicha, yig‘ilish davomida viloyatda mavjud imkoniyatdan maksimal darajada foydalangan holda, “Tokio – 2020” siklida yo‘l qo‘yilgan kamchilikdan tegishli xulosa chiqarib, bo‘lajak musobaqalarga tayyorgarlik ko‘rish, sportchilarimizning ijtimoiy ahvolidan muntazam xabar olib turish xususida fikrlar bildirildi.

 

O‘zA