Tokio Olimpiadasi musobaqalardagi tomoshabinlar soni 10 mingdan oshmasligi ma’lum qilindi
Tokio Olimpiadasi tashkilotchilari musobaqalardagi tomoshabinlar 10 mingdan oshmasligi bo‘yicha cheklov o‘rnatdi.
Sport ob’ektlaridagi 50 foiz o‘rindiqlar band etilishi zarur. Mazkur cheklov haqida musobaqani o‘tkazishga mas’ul bo‘lgan vazir Tamaye Marukava ma’lum qildi, deyiladi “TASS” xabarida.
Ayni paytda Yaponiya bosh vaziri Yesixide Suga mamlakatda favqulodda holat joriy etilgudek bo‘lsa, stadionga umuman tomoshabinlar qo‘yilmasligidan ogohlantirgan.
Eslatib o‘tamiz, Tokiodagi Olimpiada-2020 musobaqalari 23 iyuldan 8 avgustgacha o‘tkazilishi rejalashtirilgan.
Xorijlik muxlislar musobaqalarga qo‘yilmaydi.