Arabic
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Tokio olimpiadasi ishtirokchisi Dilshod Ro‘zmetov professional boksdagi ilk jangini o‘tkazadi
17:23 / 2021-11-08

Ma’lumki, professional boks olamida tobora yorqin nom qozonib kelayotgan hamyurtimiz Isroil Madrimovning fransiyalik Mishel Soroga qarshi o‘tkaziladigan chempionlikka asosiy da’vogarlik jangi borasida turli gap-so‘zlar bo‘layotgan edi.

Rossiyaning "Mir Boksa" kompaniyasi "Matchroom Boxing" bilan hamkorlikda tashkil etiladigan ushbu jangni o‘tkazish uchun poytaxtimiz Toshkent  va boshqa shaharlar, jumladan AQSHning Las-Vegas va Klivlend shaharlari da’vogarlik qilishdi. So‘nggi vaziyatda O‘zbekiston poytaxtining imkoniyatlari ustunlik qildi va mazkur professional boks oqshomini o‘tkazish huquqiga ega bo‘ldi.

O‘zbekiston boks federatsiyasidan ma’lum qilishlaricha, professional boksning WBA yo‘nalishidagi birinchi o‘rta vazn (69,8) bo‘yicha  chempionlikka asosiy da’vogar maqomiga erishish uchun o‘tadigan Madrimov - Soro “dueli”  joriy yilning 11 dekabr kuni Toshkentda tashkil etiladi.  

Boks musobaqasida 6 nafar xorijiy davlat sportchilari hamda Bahodir Jalolov, Shahram G‘iyosov, Iqboljon Xoldorov singari yurtimizning dongdor bokschilari qatnashishi kutilmoqda.

Yana bir e’tiborli xolat. Ushbu boks kechasida jahon chempionati sovrindori, Tokio olimpiadasi ishtirokchisi Dilshod Ro‘zmetov professional boksdagi ilk jangini o‘tkazishi kutilmoqda.

 

T. Ro‘ziyev, O‘zA