Русский
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
"Tokio-2020" Olimpiya o‘yinlariga yo‘llanma olgan sportchi va ularning murabbiylari taqdirlandi
21:31 / 2021-06-14

Respublika Kasaba uyushmalari federatsiyasida «Tokio-2020” Olimpiya o‘yinlariga yo‘llanma olgan sportchilar va ularning murabbiylari taqdirlandi.

Tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari, Turizm va sport vaziri Aziz Abduhakimov, Kasaba uyushmalari federatsiyasi raisi Qudratilla Rafiqov, Milliy Olimpiya qo‘mitasi raisi Rustam Shoabdurahmonov, sport faxriylari, keng jamoatchilik vakillari va jurnalistlar ishtirok etdi.

Tadbirda so‘z olganlar Prezidentimiz tomonidan sportni rivojlantirishga qaratilayotgan e’tibor xususida to‘xtalib o‘tdi.

[gallery-2789]

Kasaba uyushmalari tarkibida bo‘lgan “Tokio-2020” litsenziatlari, jumladan, og‘ir atletikachilar Akbar Jo‘rayev, Muattar Nabiyeva va Kumushxon Fayzullayeva, yengil atletikachi Suhrob Xo‘jayev, akademik eshkak eshuvchi Sobir Safaraliyev Kasaba uyushmalari federatsiyasi tomonidan 10 million so‘mdan, ularning murabbiylari esa 5 million so‘mdan pul mukofoti bilan taqdirlandi. O‘z navbatida, yirik xalqaro musobaqalarda g‘olib va sovrindorlar qatoridan joy olgan Muhammadqodir Toshtemirovga ham munosib e’tibor ko‘rsatildi.

O‘z navbatida, bunday e’tibordan xursand ekanliklarini bildirib, kelajakda Yangi O‘zbekiston uchun yangi g‘alabalar taqdim qilishga va’da berdi.

Muhammad AMIN (surat), O‘zA