Spanish
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Tokio – 2020 dagi poraxo‘rlik Olimpiada – 2030 ga ta’sir ko‘rsatdi
19:10 / 2022-12-23

Yaponiyadagi Kyodo News auditorlik komissiyasi xabariga ko‘ra, Tokio – 2020 Olimpiadasining xarajatlari 1,7 trillion iyenani tashkil etgan. Bu Olimpiya va Paralimpiya o‘yinlari tashkiliy qo‘mitaning hisob-kitobidan umumiy xarajatlar 20 foizga oshganligidan dalolat.

Auditorlik kengashi tashkiliy qo‘mitaning yakuniy hisobotiga kiritilmagan 280 milliard iyenani, ya’ni 2,1 milliard dollar atrofidagi qo‘shimcha mablag‘ni aniqlagan.  

Joriy yil iyun oyidagi hisobotda o‘yinlarning umumiy qiymati 1,42 trillion iyenani tashkil etganligi aytilgan.  

Kengash o‘yinlar bilan bog‘liq 329 ta loyihaga 1,3 trillion iyena sarflaganligini hisoblab chiqqan.  

Ayni paytda, katta miqdordagi poraxo‘rlikda Aoki Holdings  kompaniyasi sobiq raisi Xironori Aoki va uning ikki nafar hamkori ayblanmoqda. 

Tokio – 2020 Olimpiadasi tegrasida tobora avj olayotgan mojaro kunchiqar yurtning Sapporo shahrida 2030 yilgi qishki Olimpiya o‘yinlarini o‘tkazish istagiga ham ta’sir ko‘rsatmoqda.  

Natijada Yaponiya olimpiya qo‘mitasi 2030 yilgi qishki Olimpiya o‘yinlariga da’vogarlik harakatlarini to‘xtatib qo‘yganliklarini e’lon qildi.  

T. Ro‘ziyev, O‘zA.