Tojikistonning tog‘li tumanlari ham qalin qor bilan qoplandi
O‘tgan tunda «Dushanbe – Chanak» avtomobil trassasida yomg‘ir aralash qalin qor yoqqan. Ayni damda yo‘l tozalovchilar, trassani qordan tozalash uchun barcha imkoniyatni ishga solmoqda, degan Tojikiston respublikasida faoliyat olib borayotgan «Innoveytiv Roud Solyushnz LTD» (IRS) aksiyadorlik jamiyati filiali matbuot markazi «Xovar» axborot agentligiga.
IRS kompaniya rahbarining ma’lum qilishicha, trassada transport vositalarining tiqini hosil bo‘lmasligi uchun ayrim cheklovlar joriy qilingan.
Hozircha vaziyat nazorat ostida, qo‘shimcha ma’lumot bo‘lsa yetkazamiz, degan kompaniya vakillari agentlikka.