Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Tojikistonliklar uchun Turkiyaga vizasiz tartib vaqtinchalik bo‘lishi mumkin
13:22 / 2024-04-09

Tojikiston fuqarolari uchun Turkiyaga vizasiz tartibning bekor qilinishi vaqtinchalik chora bo‘lishi mumkin, deb bayonot berdi Turkiyaning Dushanbedagi elchixonasi.

Turkiya Prezidenti Rejep Tayyip Erdog‘an shanba kuni mamlakatga kelmoqchi bo‘lgan Tojikiston fuqarolari uchun vizasiz tartibni bekor qildi. Endi tojikistonliklar safar oldidan albatta Turkiya elchixonasidan viza olishi kerak bo‘ladi. Tojikiston TIV saytida berilgan ma’lumotga ko‘ra, 2021-yildan boshlab Tojikiston fuqarolari oddiy pasport bilan Turkiyaga viza olmasdan borishi va u yerda 30 kun bo‘lishi mumkin edi. 

Avvalroq, Tojikiston TIV rasmiy vakili  Shoxin Samadiy endi Tojikiston tomoni ham javob tariqasida respublikaga kelmoqchi bo‘lgan Turkiya fuqarolari uchun vizasiz tartibni bekor qilish masalasini ko‘rib chiqmoqda, deb bayonot bergandi.