French
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Tojikistonlik mehmonlar davlat xizmatlari tizimini o‘rganmoqda
14:10 / 2021-02-22

Shu kunlarda DUK «Tajikinvest» ijrochi direktori J.Muzaffari hamda Tojikiston Respublikasi Investitsiyalar va davlat mulkini boshqarish davlat qo‘mitasi boshqarma boshlig‘i I.Yazdonzodalar mamlakatimizga rasmiy tashrif bilan bo‘lib turibdi.

Xizmat safari davomida, xorijiy mehmonlar Toshkent shahar Chilonzor tumani Davlat xizmatlari markazida zamonaviy texnologiyalar orqali tadbirkorlarga davlat xizmatlarini ko‘rsatishda O‘zbekiston tajribasini o‘rganmoqda.

Uchrashuvda DXA direktori U. Muhammadiyev mehmonlarni Markazda aholi va tadbirkorlar uchun yaratilgan sharoitlar, davlat xizmatlari ko‘rsatishning milliy tizimi bilan tanishtirdi.

Uchrashuv tomonlarning kelishuviga asosan savol-javob shaklida davom etmoqda.

Tojikiston Respublikasi delegatsiyasi vakillari tomonidan O‘zbekistonda aholiga xizmat ko‘rsatish sohasida amalga oshirilayotgan islohotlar e’tirof etildi.

Delegatsiya vakillari tomonidan Tojikistonda ham bu borada islohotlar amalga oshirilayotganligi hamda mamlakatimizning tajribasini o‘rganish ahamiyatli ekani qayd etildi.

Mehmonlar yurtimizda aholiga davlat xizmatlari ko‘rsatish milliy tizimini keng targ‘ib qilish, olis hududlarda filiallar faoliyatini yo‘lga qo‘yish, axborot texnologiyalarini joriy etish, sohada qonun ijodkorligi va huquqni qo‘llash amaliyoti, xalqaro hamkorlik, davlat xizmatlarini joriy etish va rivojlantirish masalalariga qiziqish bildirdi.

O‘z navbatida, Davlat xizmatlari agentligi direktori U. Muhammadiyev delegatsiya vakillari tomonidan berilgan savollarga batafsil javob berib, O‘zbekiston tajribasi, tizimni takomillashtirishda duch kelinishi mumkin bo‘lgan masalalar, ular yechimi haqida ma’lumot berdi.