Chinese
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Tojikistonga muntazam parvozlar tiklanadi
16:25 / 2020-10-22

“Bugungi kunda aviaqatnovni boshlashning aniq sanasi va parvozlar jadvali kelishib olinmoqda”, – deb xabar beradi “Aziya-Plyus” Tojikiston hukumati bergan maʼlumotga tayanib.


“Bugungi kunda aviaqatnovni boshlashning aniq sanasi va parvozlar jadvali kelishib olinmoqda”, – deb xabar beradi “Aziya-Plyus” Tojikiston hukumati bergan maʼlumotga tayanib.

Toshkent va Dushanbe oʻrtasida aviaqatnovlar joriy yilning 16-martida toʻxtatilgan edi. Shu kuni Oʻzbekiston boshqa qoʻshni mamlakatlar qatori Tojikiston bilan ham quruqlikdagi chegarasini yopgandi.

Dushanbe va dunyoning bir qator shaharlari bilan aviaparvozlarni toʻxtatish toʻgʻrisidagi qaror Oʻzbekiston hukumati tomonidan 15-martda mamlakatda koronavirusga chalinish bilan bogʻliq toʻrtta holat aniqlangandan keyin qabul qilingan.