Spanish
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Tojikistondan Iroqqa joʻnatilgan quruq mevalar yuklangan avtotransport vositasi toʻxtatib qoʻyildi
12:40 / 2020-04-26

“Oybek“ Oʻsimliklar karantini chegara maskani orqali Tojikiston Respublikasidan Iroq davlatiga tranzit boʻlib oʻtayotgan quruq meva yuklangan avtotransport vositasi karantin koʻrigidan oʻtkazilgan.


“Oybek“ Oʻsimliklar karantini chegara maskani orqali Tojikiston Respublikasidan Iroq davlatiga tranzit boʻlib oʻtayotgan quruq meva yuklangan avtotransport vositasi karantin koʻrigidan oʻtkazilgan. 

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oʻsimliklar karantini davlat inspeksiyasi axborot xizmatining xabar berishicha, tekshiruv natijasiga koʻra Oʻzbekiston respublikasi hududidan tranzit olib oʻtish uchun Karantin inspeksiyasi tomonidan beriladigan karantin ruxsatnomasi yoʻqligi sababli dalolatnoma tuzilib avtotransport vositasi vaqtincha toʻxtatib qoʻyildi.