Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Tojikistonda yilning birinchi choragida 1 million tonnadan ziyod sement ishlab chiqarildi
17:55 / 2021-05-05

Bu 2020 yilning shu davri bilan taqqoslaganda 54,5 ming tonnaga ko‘pdir, deb xabar qiladi Xovar axborot agentligi.

Agentlikning mamlakat sanoat va yangi texnologiyalar vazirligi bergan ma’lumotga tayanib yozishicha, o‘tgan yil shu davr ko‘rsatkichlari bilan taqqoslaganda bu yil sement ishlab chiqarish 5,6 foizga oshgan.

Tojikistonda sement ishlab chiqarish bilan 16 ta korxona shug‘ullanadi. Mamlakatning sementga bo‘lgan ichki ehtiyoji yiliga 3-3,5 million tonnani tashkil etadi.  

O‘tgan yili Tojikistonda jami 4,2 million tonna sement ishlab chiqarilgan, shundan 1,3 million tonnadan ko‘prog‘i qo‘shni mamlakatlarga eksport qilingan.

Tojikiston sementining asosiy xaridorlari O‘zbekiston, Afg‘oniston va Qirg‘iziston hisoblanadi.