Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Tojikistonda xurmo mevasidan chips tayyorlash yo‘lga qo‘yildi
12:45 / 2022-10-21

Tojikistonning Xatlon viloyati Kushoniyon tumanida xurmo mevasidan chips tayyorlash yo‘lga qo‘yildi, deb yozmoqda “Xovar” agentligi viloyat hokimligi apparatidagi axborot-tahlil bo‘limi ma’lumotiga tayanib.

Mamlakat va xorij bozorlarida ilk bor paydo bo‘layotgan xurmo mevasidan tayyorlangan chipslar, o‘zining mazasi va yuqori sifati bilan ajralib turadi.  

Ayni paytda Tojikistonda xurmolarni terib olish mavsumi davom etmoqda. Xurmo o‘z tarkibida A, S va R vitaminlarini saqlaydi. U mikroelementlar, qand, oqsil, limon kislotasi va boshqa biologik faol moddalarga boy. Agar pishgan xurmo salqin joyda saqlansa, 4-5 oy davomida o‘zining mazasini yo‘qotmaydi. Tojikiston zamini va iqlimi xurmo daraxtlari uchun juda qulay, so‘nggi yillarda mamlakatda xurmozorlar maydoni sezilari ravishda kengaydi, deyiladi xabarda.