Arabic
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Tojikistonda tug‘ilishlar soni ortmoqda
18:32 / 2020-12-01

2020 yil yanvar – oktyabr oylarida Tojikistonda 2019 yilning shu davri bilan taqqoslaganda tug‘ilishlar ko‘paygan. “Sputnik”ning Tojikiston Prezidenti huzuridagi statistika agentligi bergan ma’lumotga tayanib yozishicha, 10 oy davomida mamlakatda 166,6 ming chaqaloq dunyoga kelgan.

Dastlabki hisob-kitobga ko‘ra, tug‘ilish va o‘limning umumiy koeffitsiyenti har ming kishiga 23,7 va  4,1 tani tashkil etmoqda.

Ma’lumotlarga ko‘ra, Tojikiston aholisi soni 9,4 million kishidan oshgan. Bu o‘tgan yilning o‘n oyi bilan solishtirganda 2 foizga ko‘p.

Tojikiston aholisining eng ko‘p qismi, ya’ni 3,4 million kishi Xatlon viloyatida yashayotgani ma’lum bo‘ldi. Dushanbeda 871,6 ming kishi yashaydi.

O‘zA