Chinese
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Tojikistonda “Starlink” rasman ishga tushirildi
17:56 / 2026-02-13

Joriy yil 5-fevraldan boshlab Tojikiston Respublikasi hududida “Starlink” rasman faoliyat boshladi. Bu haqda “Xovar” axborot agentligi ma’lum qilgan.

Qayd etilishicha, sun’iy yo‘ldosh internetidan foydalanish uchun talab qilinadigan litsenziya, texnik va davlat ro‘yxatidan o‘tkazish jarayoni to‘liq yakunlangan. Shu tariqa qardosh davlatda fuqarolar va tashkilotlar uchun mazkur xizmatdan qonuniy foydalanish imkoni yaratildi.

Uskunani xarid qilish, tarif va xizmat sharti bilan tanishish bevosita “Starlink” rasmiy sayti orqali amalga oshiriladi. Narx kompaniyaning tijorat siyosati asosida belgilanadi.

Foydalanuvchilar tegishli uskunani mustaqil ro‘yxatdan o‘tkazib, faollashtirishi mumkin. Ro‘yxatdan o‘tishda pasport ma’lumoti, soliq to‘lovchi raqami, telefon va to‘lov kartasi ma’lumotini taqdim etish zarur.

Foydalanuvchi va qurilmani ro‘yxatdan o‘tkazish kompaniya tomonidan amalga oshiriladi. Tegishli ma’lumot milliy qonunchilik talabiga muvofiq vakolatli idoralarga taqdim etiladi.

D.Hakimov, O‘zA