French
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Tojikistonda qo‘shimcha qiymat solig‘i pasaytirildi va uchta soliq turi bekor qilindi
14:02 / 2021-12-25

Tojikiston prezidenti Emomali Rahmon 23 dekabr kuni Tojikiston soliq kodeksining yangi tahririni imzoladi, hujjat 2022 yil 1 yanvardan kuchga kiradi.

 Tojikiston rahbarining 21 dekabrda mamlakat parlamentiga qilgan murojaatida mustaqillik davrida davlat tomonidan tadbirkorlikni rivojlantirishga katta e’tibor qaratilayotganini va hozirgi kungacha tadbirkorlar va investorlarga 110 dan ortiq soliq va bojxona imtiyozlari berilganini alohida ta’kidladi.


«Tojikistonda o‘tgan davr mobaynida tadbirkorlik faoliyatini davlat ro‘yxatidan o‘tkazuvchi tuzilmalar soni 4 tadan 1 tagacha kamaytirildi, ro‘yxatdan o‘tkazish muddati 49 kundan 3-5 kungacha qisqartirildi va tekin qilib qo‘yildi», dedi davlat rahbari. Prezidentning ta’kidlashicha, «Soliq kodeksining yangi tahririni qabul qilishdan maqsad mamlakatni sanoatlashtirishni jadallashtirish, tadbirkorlikni rivojlantirish va ta’limni investitsiyalashtirishni kuchaytirishdan iborat».


Soliq kodeksining yangi tahririda yangi imtiyozlar ko‘zda tutilgani aytilmoqda. Xabarga ko‘ra, soliq turlarini 10 tadan yettitagacha kamaytiriladi, qo‘shimcha qiymat solig‘i stavkasi 18 foizdan 15 foizgacha pasaytiriladi.