Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Tojikistonda qor ko‘chishi, toshqinlar va tosh qulashi xavflari hamon yuqori daraja saqlanmoqda
14:33 / 2023-03-02

Tojikiston Respublikasi hukumati huzuridagi favqulodda vaziyatlar va fuqaro mudofaasi bo‘yicha qo‘mitaning mamlakat ob-havoshunoslariga tayanib aholini hamda mehmonlarni kelgusi bir necha kun «Dushanbe – Xo‘jand», «Dushanbe – Rasht», «Dushanbe – Sangvor», «Dushanbe – Laxsh», «Kulob – Darvaz», «Vanch – Xorog», «Xorog – Ishkashim», «Xorog – Murg‘ob» avtomobil yo‘llarida qor ko‘chishi, toshqinlar va tosh qulashi xavfi yuqori darajada saylanayotgani haqida ogohlantirdi. Qo‘mita matbuot xizmati shu haqda xabar tarqatdi.

Haydovchilarning xavfsizligini ta’minlash uchun yo‘llarning tog‘li uchastkalarida qutqaruv guruhlari navbatchilik qilmoqda.

Aholiga xavfli uchastkalarga bormaslik, tog‘li massivlarga sayohatga chiqmaslik, tog‘ dovonlarida va avtomobil yo‘llarida harakat qilmaslik tavsiya qilingan. Qolaversa, tog‘li hududda odamlarning o‘tin terishi, uy hayvonlarini boqishi, ov qilish va baliq tutishi xavfli ekani aytiladi xabarda.