Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Tojikistonda oltin qazib olish ko‘rsatkichi sezilarli ravishda ortdi
18:00 / 2022-07-19

Tojikistonda 2022 yilning birinchi yarmida oltin qazib olish ko‘rsatkichi 15 foizga oshdi.

18 iyul kuni Tojikiston  sanoat va yangi texnologiyalar vaziri Sherali Kabir shu haqda ma’lum qildi, deyiladi «Xovar» agentligi tarqatgan xabarda.  

«Tojikistonda oltin qazib olish ko‘rsatkichi 2022 yilning birinchi yarmida 15 foizga ortdi, bu yaxshi natija hisoblanadi», – dedi vazir. Uning ta’kidlashicha,  2022 yilda ikkita yirik oltin qazib olish korxonasi ishga tushirildi. Vazirning umid bildirishicha, yangi  «TALKO Gold» va «TVEA Dushanbe» korxonalari  faoliyati qimmatbaho metallarni ishlab chiqarish miqdorini yanada oshiradi  va mamlakatning makroiqtisodiy ko‘rsatkichlariga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi.  

«Yil oxirigacha zargarlik mahsulotlari uchun qimmatbaho metallarni qayta ishlovchi to‘rtta korxonani ishga tushirish rejamiz bor», – deya aniqlik kiritdi Sherali Kabir.  

Uning ta’kidlashicha, Tojikistonda jami 19 ta korxona oltin qazib olish bilan shug‘ullanadi.