Chinese
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Tojikistonda OIV infeksiyasiga chalinish bilan bog‘liq ayrim holatlar jumboq bo‘lib qolmoqda
14:29 / 2019-10-04

Tojikistonda so‘nggi yillarda bolalarning OIV infeksiyasiga chalinishi bilan bog‘liq 130 ta hodisa qayd qilindi.


Tojikistonda so‘nggi yillarda bolalarning OIV infeksiyasiga chalinishi bilan bog‘liq 130 ta hodisa qayd qilindi.

Ayrim bolalar infeksiyani tekshiruvdan o‘tkazilmagan va kasalligini bilmagan onalaridan yuqtirishgan. Rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, OIVga chalinganlar soni o‘tgan yil bilan taqqoslaganda ancha oshgan. Tojikiston Sog‘liqni saqlash va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligining ma’lumotiga ko‘ra, so‘ngi yillarda bolalarda OIV infeksiyasiga chalinish bilan bog‘liq 130 ta yangi hodisa qayd qilingan. Ularning 82 nafari o‘g‘il bola va 48 nafari qiz boladir.

Dushanbe shahridagi OIVga qarshi kurash va profilaktika Markazi shifokori Umed Talbov OIV infeksiyasiga chalinish bilan bog‘liq ayrim holatlar jumboq bo‘lib qolayotganini tan oldi. “OIV-infeksiyasini yuqtirib olgan bolalarning ota-onalari mutlaqo sog‘lom, bolalar esa jinsiy yo‘l bilan kasallikni yuqtirib olishlari mumkin emas” - deydi shifokor.

Uning so‘zlariga qaraganda, kasallik bolaning immun tizimi pasayishiga olib keladi, u zaiflashadi, immunitet tizimi izdan chiqadi. OIVga chalingan bolalarning hammasida jismoniy rivojlanish sekinlashishi, charchash va vazn tashlash holatlari kuzatiladi.

Tojikistonda 68 ta OITS markazi faoliyat yuritadi, jumladan bitta respublika va bitta mintaqaviy, 8 ta shahar va 58 ta tuman markazi bor. OIVga chalingan bemorlarga dorilar bepul beriladi. 18-yoshgacha bo‘lgan bolalarga bir oyda 400-500 somoni (50 dollarga yaqin) nafaqa beriladi. 1-2 yoshgacha bo‘lgan bolalar sut aralashmalari bilan ta’minlanadi. “Ayollarga kelsak ular ham bepul davolanadi”, deya ma’lum qiladi Tojikiston sog‘liqni saqlash vazirligi.

Bugungi kunda Tojikistonda OIV infeksiyasini yuqtirganlar soni 10,7 ming kishini tashkil qiladi, ularning 7 ming nafari erkaklardir. Yil boshida Tojikiston Sog‘liqni saqlash vaziri Nasim Olimzoda bu ma’lumotlarni e’lon qilar ekan, bemorlarning 54,6% yoki 5,9 mingi OIV infeksiyasini jinsiy yo‘l orqali yuqtirib olishganini aytgan edi, bemorlarning 4% onalaridan kasallikni yuqtirgan bolalardir.