Chinese
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Tojikistonda NAN bolalar ozuqasi savdosi to‘xtatildi
10:14 / 2026-01-10

Tojikistonda "Nestle" tomonidan ishlab chiqarilgan NAN brendi ostidagi bolalar ovqatini sotish va ushbu ozuqadan foydalanish taqiqlandi, deb yozgan "Kazinform" agentligi.

Tojikiston Respublikasi Standartlashtirish, metrologiya, sertifikatlashtirish va savdo inspeksiyasi agentligi ma’lumotiga ko‘ra, mazkur mahsulot tartibga solish talabiga javob bermaydi. Shuning uchun fuqarolarga ushbu mahsulotdan foydalanmaslik va agar sotib olinganlarini qaytarish tavsiya etilgan.

Mutaxassislar importchi kompaniyalar bilan hamkorlikda yuzaga kelgan holatga nisbatan zarur choralar ko‘ra boshladi.

Avvalroq "Nestle" Qozog‘istonda cheklangan miqdorda bolalar ozuqasini qaytarib olayotgani haqida xabar berilgan edi.

G.Sattorova, O‘zA