Spanish
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Tojikistonda “Musulmon birodarlar“ terror harakatining 27 a’zosi qo‘lga olindi
16:57 / 2020-01-07

Huquq-tartibot idoralari manbalarida qayd etilishicha, mamlakatning bir nechta mintaqasida guruh tarmoqlarining faoliyati aniqlangan.


Huquq-tartibot idoralari manbalarida qayd etilishicha, mamlakatning bir nechta mintaqasida guruh tarmoqlarining faoliyati aniqlangan.

“Musulmon birodorlar” harakati a’zolarini ushlash amaliyotlari joriy yilning boshlarida Dushanbe shahri, So‘g‘d va Xatlon viloyatlarida amalga oshirilgan, deyladi “RIA Novosti“ xabarida.

Xabarda hibsga olinganlar orasida oliy ta’lim dargohi o‘qituvchilari va qishloq kengashlaridan birining raisi ham borligi qayd etilgan.

Hibsga olinganlarning uylarida tintuvlar o‘tkazilgan.

Tojikiston Bosh prokuraturasi qo‘lga olinganlarga nisbatan hozircha ayblov qo‘ymagan, dastlabki tergov jarayonlari boshlangan.

“Musulmon birodorlar“ — 1928 yilda Misrda tashkil etilgan xalqaro diniy-siyosiy tashkilot bo‘lib, ko‘plab mamlakatlarda terror tashkiloti deya e’lon qilingan va faoliyati taqiqlangan.