French
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Tojikistonda mehnat migratsiyasi diversifikatsiya qilinadi
19:59 / 2024-02-13

Tojikistonda mehnat migratsiyasini diversifikatsiya qilish maqsadida Buyuk Britaniya, AQSH, Koreya Respublikasi, Kanada, Polsha, Latviya, Germaniya, Singapur, Yaponiya, Filippin va Saudiya Arabistoni Qirolligi bilan ishchi kuchi tayyorlash va ishchilar malakasini oshirish bo‘yicha hukumatlararo bitim loyihalari ishlab chiqildi. Bu haqda bugun uyushtirilgan matbuot anjumanida mehnat, migratsiya va bandlik vaziri Gulnora Hasanzoda ma’lum qildi, deb xabar tarqatdi “Xovar” agentligi.

– Ayni payt Kuvayt, Rossiya Federatsiyasi, Saudiya Arabistoni Qirolligi va Koreya Respublikasi bilan hamkorlik bo‘yicha 5 ta hujjat loyihasini ko‘rib chiqish yakuniy bosqichda, – dedi vazir. – Hukumat va Kuvayt Davlati o‘rtasida xususiy sektorda mehnat almashinuvi bo‘yicha o‘zaro anglashuv memorandumi loyihasi asosida ichki tartib-taomilni bajarish jarayoni yakunlandi, hujjat rejalashtirilgan sanada imzolanishi kutilyapti.