Tojikistonda koronavirusga chalinganlar soni 4 ming 609 kishiga yetdi
Tojikistonda oxirgi kunda koronavirusga chalinish bilan bogʻliq 80 ta holat aniqlangan, jami kasallanganlar soni hozirgacha 4 ming 609 kishini tashkil etmoqda, deb maʼlum qildi mamlakat sogʻliqni saqlash vazirligi matbuot xizmati.

Xabarda aytilishicha, mamlakatda COVID-19 diagnozi bilan 1 ming 176 kishi kasalxonaga yotqizilgan, kasallik tufayli vafot etish holatlari 3-iyundan buyon qayd etilmayapti, ayni paytda pandemiya 48 kishining yostigʻini quritdi, 90 kishi tuzalib uyiga javob berilgan.
JSSTning soʻnggi maʼlumotiga koʻra, dunyo boʻyicha koronavirus bilan kasallanganlar soni hozirgacha 6,7 million kishidan oshgan, 397 ming kishi kasallik qurboni boʻldi.