Русский
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Tojikistonda koronavirusga chalinganlar 32 nafarga yetdi
22:11 / 2020-05-02

2-may holatiga Tojikistonda rasman COVID-19 koronavirus bilan zararlanganlar 32 kishiga yetdi.


2-may holatiga Tojikistonda rasman COVID-19 koronavirus bilan zararlanganlar 32 kishiga yetdi.

Ularning 17 nafari poytaxt Dushanbedan, 5 nafari toʻgʻridan-toʻgʻri respublikaga boʻysinuvchi tumanlardan, 10 nafari Soʻgʻd viloyatidan. Mazkur axborotni mamlakat Sogʻliqni saqlash vazirligi tarqatgan.

Dastlabki 15 bemor haqida jamoatchilikka 30-aprel kuni maʼlum qilingandi.

Hozircha, virus yuqtirgan shaxslar, voqealar qayerda, qay tarzda roʻy bergani, bemorlar qaysi shifoxonaga joylashtirilgani haqida batafsil maʼlumot berilmagan.

Kecha tunda Tojikistonga “Somon Eyr” aviakompaniyasining maxsus reysida JSST missiyasi va 3.6 tonna metadon gidroxlorid preparati yetkazib kelindi.

Ushbu maxsus reys BMT Taraqqiyot dasturi tomonidan uyushtirildi. Olib kelingan dori vositalari ayrim insonlar, yaʼni tanasida immunitet tanqisligi virusi bilan yashayotganlarga terapiya oʻrnida amalga oshiriladigan muolajalar uchun zarur boʻladi. Bu toifaga mansub odamlar turdosh xastaliklar tufayli “COVID-19”ga moyilligi kuchli aholi oʻrtasida koʻp uchraydi.

Respublikaga tashrif buyurgan JSST ekspertlari esa mamlakat shahar, tumanlarida boʻlib, joylardagi tibbiyot muassasalari va boshqa muhim obyektlarni koʻzdan kechirishadi.