English
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Tojikistonda koronavirusdan dastlabki oʻlim holatlari qayd etildi
08:55 / 2020-05-03


Kecha Tojikiston Respublikasining ikki fuqarosi koronavirus infeksiyasi oqibatida hayotdan koʻz yumdi. Bu uzoq vaqt davomida rasman jahon pandemiyasidan xoli hudud sifatida eʼtirof etib kelingan yurtdagi ilk yoqimsiz holatdir. Bu haqda “RIA Novosti” maʼlum qilgan.

Davlat televideniyesi mamlakat sogʻliqni saqlash vazirligi xabariga tayanib, yangiliklar dasturida ikki nafar bemorning koronavirusdan vafot etganini tasdiqladi. Jami COVID-19 bilan kasallanganlar soni esa 76 kishiga yetgani eʼlon qilindi.

Taʼkidlanishicha, kecha kechqurungi maʼlumotlarga koʻra, Tojikiston klinikalarida koronavirus belgilari kuzatilgan 2782 odam tibbiy nazorat ostiga olingan. Oxirgi sutkada tekshiruvlardan soʻng 217 kishi shifoxonadan chiqarildi.
Yodingizda boʻlsa birinchi kuni bemorlar soni rasman 32 nafar, deb eʼlon qilingandi. Dushanbe meri Rustam Emomali qisqa muddatlarda mavjud zaxiralar hisobidan shahar hududida COVID-19 koronavirus infeksiyasi bilan zararlanganlar uchun 3 mingdan ziyod oʻringa ega muvaqqat gospitallar tashkil etish haqida koʻrsatma berdi.

“Yuzaga kelgan vaziyat tufayli mer poytaxt sogʻliqni saqlash boshqarmasiga va boshqa tegishli tuzilmalarga qisqa muddatlarda mavjud zaxiralar hisobidan shahar hududida COVID-19 koronavirus infeksiyasi bilan zararlanganlar uchun 3 mingdan ziyod oʻrinli muvaqqat gospitallar tashkil etish boʻyicha topshiriq berdi“, — deyiladi meriya matbuot xizmati xabarnomasida.

Dushanbe rahbarining soʻzlariga koʻra, vaqtinchalik gospitallarda barcha sharoitlar yaratilishi lozim. Muassasalar barcha zarur vositalar, jumladan yuqori malakali tibbiy xodimlar, tibbiyot uskunalari va dori vositalari bilan taʼminlanishi shart. Mazkur topshiriqlar ijrosini mer shaxsan oʻzi nazorat qilmoqchi.
Axborotda aytilishicha, ayni payt Dushanbeda 5284 oʻringa ega 30 shifoxona faoliyat koʻrsatmoqda. 5390 nafar tibbiyot xodimlari mavjud.