Русский
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Tojikistonda ilk bor axborot texnologiyalar bo‘yicha «ISI Junior-2022» xalqaro olimpiada bo‘lib o‘tadi
17:14 / 2022-06-28

Iyul oyining birinchi haftasida Tojikistonda ilk bor axborot texnologiyalar bo‘yicha «ISI Junior-2022» xalqaro olimpiadasi bo‘lib o‘tadi, deb xabar bermoqda.

«Xovar» agentligi Dushanbe shahar umumiy ta’lim bosh boshqarmasining maktabgacha va umumiy ta’lim muassasalari boshqarmasi boshlig‘i Asomiddin Bobozoda bergan ma’lumotga tayanib.

24 iyunda Dushanbeda «ISI Junior-2022» xalqaro olimpiadaning tashkiliy qo‘mitasi majlis o‘tkazgan. Unda tadbirni yuqori saviyada o‘tkazish bilan bog‘liq masalalar ko‘rib chiqilgani aytilmoqda.

Dushanbeda bo‘lib o‘tadigan «ISI Junior-2022» xalqaro olimpiadada Tojikiston, Qirg‘iziston, O‘zbekiston, Belarus, Afg‘oniston, Turkmaniston va Rossiya Federatsiyasidan 27 ta yoshlar olimpiada jamoalari ishtirok etadi. Shuningdek, olimpiadada Ozarbayjon, Mo‘g‘uliston, Shri-Lanka, Hindiston, Xitoy, Suriya va Kuba talabalari masofadan turib ishtirok etadi.

Ma’lumot uchun: 2021 yil iyulda Rossiyada «ISI Junior» xalqaro olimpiada bo‘lib o‘tgan edi. Ushbu tadbirda Dushanbe shahrining umumiy ta’lim muassasalari o‘quvchilari masofadan turib ishtirok etgan hamda 2 va 3 chi o‘rinlarni egallagan, deyiladi xabarda.