Tojikistonda davlat xizmatchilari manfaatlarining toʻqnashuvlari toʻgʻrisidagi qonun loyihasi tayyorlandi
Tojikistonda ilk bor oʻzining shaxsiy manfaatlarini davlat va jamiyatdan yuqori qoʻyuvchi hamda xalq va davlat manfaatlariga zid ravishda qaror qabul qiluvchi amaldorlarning harakatlarini oldini olishga qaratilgan qonun loyihasi tayyorlandi.
Tojikistonda ilk bor oʻzining shaxsiy manfaatlarini davlat va jamiyatdan yuqori qoʻyuvchi hamda xalq va davlat manfaatlariga zid ravishda qaror qabul qiluvchi amaldorlarning harakatlarini oldini olishga qaratilgan qonun loyihasi tayyorlandi.
“TR davlat xizmatchilarining faoliyatida manfaatlar toʻqnashuvini bartaraf etish toʻgʻrisida”gi qonun loyihasi ikkita tuzilma - Davlat xizmatlari toʻgʻrisidagi agentlik va korrupsiyaga qarshi kurash va davlat moliyaviy nazorat agentligi tomonidan tayyorlandi.
Davlat xizmatlari agentligi xodimasi Risolat Sayfiddinovaning aytishicha, ular tomonidan qonun loyihasining birinchi varianti tayyorlanib koʻrib chiqish uchun Korrupsiyaga qarshi kurash agentligining ishchi guruhiga yuborilgan.
Mualliflarning ishonch bildirishicha, qonun loyihasi amaldor yoki oddiy davlat xizmatchisiga xizmat vazifalarini ado etayotganlarida oʻzining yoki oila aʼzolarining xususiy, moliyaviy yoki tijoriy manfaatlarini amalga oshirishiga imkon bermaydi.
Qonun loyihasining maqsadi amaldor shaxslarning korrupsiyaga olib boruvchi vaziyatga tushib qolishi bilan bogʻliq holatlarni qisqartirishga qaratilgan.
Loyiha mualliflari vazirlik va muassasalardan yakuniy tavsiya kutmoqda, shundan keyin yakuniy loyiha versiyasi yil oxiriga qadar hukumatga yuboriladi, deydi Korrupsiyaga qarshi kurash agentligining xalqaro munosabatlar va jamoatchilik bilan aloqalar boshqarmasi boshligʻi Nigora Muqimiy.
Mazkur qonun loyihasi kelasi yilda koʻrib chiqish uchun parlamentga yuboriladi.