Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Tojikistonda COVID-19 ga chalinish holatlari yana kuzatilmoqda
16:13 / 2021-06-23

Tojikistonda COVID-19 infeksiyasi tarqalishining oldini olish bo‘yicha chora-tadbirlarni kuchaytirish respublika shtabining ma’lum qilishicha, shu kunlarda mamlakatda yana koronavirus bilan kasallanish holatlari kuzatilmoqda.

«Xovar» agentligining mamlakat sog‘liqni saqlash va aholini ijtimoiy himoya qilish vazirligi ma’lumotiga tayanib xabar qilishicha, 21 iyun kuni koronavirus yuqtirish bilan bog‘liq 17 ta, 22 iyunda esa 15 ta holat ro‘yxatga olingan.

Rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, pandemiya boshlangandan buyon Tojikistonda jami 13 ming 340 kishi koronavirus yuqtirgan.