Arabic
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Tojikistonda aksilkorrupsiya muassasasi xodimlari bir lavozimda uch yildan ortiq ishlashi taqiqlanadi
16:50 / 2020-09-28

Tojikistonda Moliyaviy nazorat va korrupsiyaga qarshi kurash davlat agentligi xodimlari endilikda bir lavozimni uch yildan ortiq egallab turishi taqiqlandi.


Tojikistonda Moliyaviy nazorat va korrupsiyaga qarshi kurash davlat agentligi xodimlari endilikda bir lavozimni uch yildan ortiq egallab turishi taqiqlandi.

Hukumatning maʼlum qilishicha, bu qaror uzoq muddat bir lavozimda ishlagan xodimlar boshqa davlat xizmatchilari bilan til biriktirishiga yoʻl qoʻymaslik maqsadida korrupsiyaga qarshi kurashni kuchaytirishga qaratilgan.

Tojikiston hukumati tomonidan qabul qilingan qarorda taʼkidlanishicha, rotatsiya uchun xodimning roziligi olinmaydi, qaror majburiy xarakterga ega hisoblanadi.

Yaqin vaqtlarga qadar Tojikiston prokuratura va militsiyasi xodimlari bir mansabda besh yildan ortiq ishlamas edi. Endilikda bu kabi tartib aksilkorrupsiya muassasasi xodimlariga ham taalluqli boʻladi, ammo bir lavozimda ishlash muddati 3 yilgacha qisqartirildi.