Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Tojikistonda 2030-yilgacha 800 ta yangi bolalar bog‘chasi quriladi
10:41 / 2026-03-03

Tojikistonda maktabgacha ta’lim tizimini rivojlantirishga qaratilgan yangi davlat dasturi qabul qilindi. Bu haqda axborot hamkorimiz - “Xovar” yozmoqda.

Ta’kidlanishicha, mamlakat hukumati majlisida “2026–2030-yillarda maktabgacha ta’lim va tarbiyani rivojlantirish dasturi” tasdiqlangan. Dasturga muvofiq, 2030-yilga qadar o‘lkada 800 ta yangi bolalar bog‘chasi barpo etilishi rejalashtirilgan.

Mazkur chora-tadbirlar natijasida 3–6 yoshli bolalarni maktabgacha ta’lim bilan qamrab olish darajasi 50 foizdan ortiq bo‘lishi kutilmoqda.

Xabarga ko‘ra, Tojikistonda maktabgacha ta’limdan foydalanish imkoniyatini kengaytirish maqsadida umumta’lim maktablari qoshida 3154 ta bolalarni erta rivojlantirish markazi tashkil etilgan. 

D.Hakimov, O‘zA