Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Tojikistonda 2022-2026 yillar sanoatni rivojlantirish yillari deb e’lon qilindi
19:14 / 2021-12-21

Tojikiston Prezidenti Emomali Rahmon 21 dekabr kuni mamlakat parlamentiga qilgan murojaatida 2022-2026 yillarni, «Sanoatni rivojlantirish yillari», deb e’lon qildi.

Davlat rahbarining ta’kidlashicha, kelgusida 870 ta sanoat korxonasi tashkil etiladi, sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish hajmi 95 milliard somoniga yetkaziladi va eksport hajmi ikki barobarga oshiriladi.

Prezidentning aytishicha, mamlakat yalpi ichki mahsulotida sanoatning ulushini 26 foizga yetkazish lozim. Tojikiston rahbarining qayd etishicha, ushbu belgilangan yillarda 500 mingta yangi ish o‘rinlari ochiladi, aholi daromadi 2 barobarga oshiriladi va aholining o‘rta qatlami 45 foizga yetkaziladi.

2019-2021 yillar Tojikistonda «Qishloqlarni, turizm va xalq hunarmandchiligini rivojlantirish» yillari deb e’lon qilingan edi.