Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Tojikiston xorijiy mamlakatlar bilan aviaqatnovni qayta yoʻlga qoʻymoqda
18:20 / 2020-08-28

Tojikistonning “Somon Air” aviakompaniyasi samolyoti 30-avgust kuni Dushanbe-Minsk va Minsk-Dushanbe yoʻnalishida charter reysini amalga oshiradi.


Tojikistonning “Somon Air” aviakompaniyasi samolyoti 30-avgust kuni Dushanbe-Minsk va Minsk-Dushanbe yoʻnalishida charter reysini amalga oshiradi.

Mamlakat Tashqi ishlar vazirligi xabariga koʻra, bu boradagi qaror yangi COVID-19 infeksiyasining tarqalishini oldini olish boʻyicha epidemiologik choralarni kuchaytirish boʻyicha respublika shtabi tomonidan qabul qilindi.

Tashqi siyosat mahkamasining xabariga koʻra, charter reysi birinchi navbatda Belarus Respublikasi va Ukrainada taʼlim olayotgan tojikistonlik talabalar, shuningdek xorijiy fuqarolarni olib ketishga va olib kelishga moʻljallangan.

TIVning eslatishicha, Tojikiston Respublikasiga kirishda yoʻlovchilar koronavirus infeksiyasi yoʻqligi haqida maʼlumotnomaga ega boʻlishlari kerak.