Русский
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Tojikiston va Qirg‘izistondan keltirilgan giyohvandlik vositalari musodara qilindi
09:14 / 2023-12-15

Davlat xavfsizlik xizmatining Farg‘ona viloyati bo‘yicha boshqarmasi xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor-qidiruv tadbirlari doirasida, Toshloq tumanida yashovchi, 2006 y.t. shaxsning yashash xonadoni ko‘zdan kechirildi.

Natijada, ushbu manzilda kelgusida sotish maqsadida saqlab kelinayotgan 27 kg. 573 gr. “gashish” va 3 kg. 967 gr. “opiy” giyohvandlik vositalari borligi aniqlanib, protsessual tartibda rasmiylashtirib olindi.  

Aniqlanishicha, ushbu narkotik moddalar Tojikiston Respublikasidan kontrabanda yo‘li bilan olib kelingan.

Bu yo‘nalishda Davlat xavfsizlik xizmatining Andijon viloyati bo‘yicha boshqarmasi xodimlari tomonidan ham viloyat bojxona boshqarmasi bilan hamkorlikda tezkor tadbirlar o‘tkazildi.

Xususan, Andijon viloyatining Qo‘rg‘ontepa tumanida yashovchi, 1986 y.t. fuqaro Qirg‘iz Respublikasining O‘sh viloyatida istiqomat qiluvchi, 1984 y.t. shaxs bilan o‘zaro til biriktirib, 1 kg. 806 gr. “Mefedron” sintetik giyohvandlik vositasini xaridorga 80 ming AQSH dollariga sotayotgan vaqtlarida qo‘lga olindi.  

Shuningdek, tezkor tadbir davom ettirilib, Qo‘rg‘ontepa tumanida yashovchi fuqaroning uyidan ham 2 kg. 698 gr. “Mefedron” moddasi tegishli tartibda rasmiylashtirib olindi.  

Ta’kidlash lozimki, ushbu sintetik narkotik moddalar Qirg‘iz Republikasidan olib kelingan.

Boshqa holatda esa Andijon tumanida yashovchi, 1992 y.t. shaxs boshqaruvidagi “Damas” rusumli avtomashina to‘xtatildi.  

Avtomashina xolislar ishtirokida ko‘zdan kechirilganda, uning salon qismida kuchli ta’sir qiluvchi moddalar turkumiga kiruvchi 2800 dona “Regapen” va 957 dona flakonda “Tropikamid” dori vositalari borligi aniqlanib, ashyoviy dalil sifatida rasmiylashtirib olindi.  

Ushbu kuchli ta’sir qiluvchi dori vositalari ham sotish maqsadida aylanma yo‘llar orqali Qirg‘iz Republikasidan olib kelingan.

Hozirda ushbu holatlar yuzasidan mazkur shaxslarga nisbatan Jinoyat Kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

O‘zA