Spanish
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Tojikiston va Qirg‘iziston "Xo‘jai A’lo-Vorux" yo‘lini qurishga kelishib oldi
11:11 / 2021-05-07

Tojikiston va Qirg‘iziston o‘rtasida transport vositalari hamda tovarlar o‘tishi uchun yangi avtomobil yo‘li quriladi. Bu haqda hukumatlar delegatsiyalari chegarada munozaraga sabab bo‘layotgan hududlarni delimitatsiya va demarkatsiya qilish to‘g‘risida qo‘shma bayonotni imzolagandan so‘ng ma’lum bo‘ldi.

Shunday qilib, ikki mamlakat o‘rtasida kelishuvga erishildi, fuqarolarning erkin harakatlanishi uchun Tangi (Qapchig‘ay) aholi punktining sharqiy qismini aylanib o‘tadigan "Xo‘jai A’lo-Vorux" avtomobil yo‘li hamkorlikda quriladi.

Ushbu avtomobil yo‘lining maqomi Tojikiston va Qirg‘iziston o‘rtasida tuziladigan alohida kelishuv bilan belgilanadi.

Botken viloyatida amalda foydalanishda bo‘lgan ushbu yerlarda joriy yilning 1 iyungacha dala tadqiqotlari o‘tkaziladi.

Eslatib o‘tamiz, 1-2 may kunlari Botken viloyatida Tojikiston va Qirg‘iziston hukumat delegatsiyalari o‘rtasida chegarani delimitatsiya va demarkatsiya qilish masalalari bo‘yicha muzokaralar o‘tkazilgan edi.

Delegatsiyalar rahbarlari chegaradagi vaziyatni yaxshilashga qaratilgan shoshilinch choralar ko‘rish bo‘yicha Qo‘shma komissiya faoliyatini qayta tiklash yuzasidan fikr almashgan edi.